Urushga qarshi rasm chizgan maktab oʻquvchisining otasi Aleksey Moskalev koloniyadan ozod qilindi.
Rossiya armiyasini “obro’sizlantirish” ishi bo’yicha sudlangan Aleksey Moskalev qamoqdan ozod qilindi. Bu haqida SotaVision xabar bermoqda.
2023-yil mart oyi oxirida Tula viloyatida yashovchi yolg‘iz ota Moskalev Odnoklassniki’da Ukrainaning Bucha shahrida tinch aholining o‘ldirilishi haqidagi postlari uchun ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Alekseyning qizi Masha maktabda urushga qarshi rasm chizganidan keyin huquqni muhofaza qilish idoralari e’tiborini Moskalevning oilasiga qaratdi. Erkak hibsga olingandan so’ng, Masha 10 yildan ortiq vaqt davomida ko’rmagan onasiga topshirilgan.
O’tgan yilning dekabr oyi oxirida Moskalevning ishi yangi sudga yuborildi, chunki uning postlarini psixologik va lingvistik ekspertizadan o’tkazgan mualliflar psixologiya sohasida ma’lumotga ega emasligi ma’lum bo’ldi.
Qayta tekshiruvdan so’ng Tula viloyat sudi Moskalevning qamoq muddatini ikki oyga qisqartirdi – u ikki yil o’rniga bir yil-u 10 oyga koloniyaga hukm qilindi.
Sharhlar