Usmonov boyligi 5,5 milliard dollarga qisqargan – Bloomberg

Foto: Qalapir.uz

Rossiyalik milliarderlar orasida sakkizinchi o‘rinni egallaydigan Alisher Usmonovning boyligi yil boshidan beri  5,5 milliard dollarga kamaydi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Usmonov rossiyalik milliarderlar ro‘yxatidagi eng ko’p zarar ko’rganlar qatorida. Nashr uning kapitalini 15,6 milliard dollarga baholagan, u aktivlar qiymati bo’yicha Rossiyada sakkizinchi va jahon milliarderlari ro’yxatida 140-o’rinni egallagan.

Rossiyaning boshqa badavlat odamlari uchun 2024-yil muvaffaqiyatli bo’ldi. Nashr ularning boyligining o’sishini 30 milliard dollarga baholagan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.