Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Qonunga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Ulashish:
Sharhlar