Bulung‘ur tumani hokimi bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qildi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari qatnashchisi Sitora Turdibekova Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tantanali kutib olindi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tuman hokimi Samandar Astanov Turdibekovaga yangi uy sovg‘a qildi. Shuningdek, bokschining ota-onasiga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Sitora Turdibekova ikki karra jahon chempioni, Xitoy Taipeyi vakili Yu Ting Lin bilan mardonavor bellashgan, ammo imkoniyatni boy berib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagan edi.
Ulashish:
Sharhlar