Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlarga chegirma e’lon qilindi

Foto: UzAirways

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflaridan 30% chegirma taqdim etilishini ma’lum qildi.

Chegirmali aviachiptalarni 6-avgustdan 3-sentabrgacha booking.uzairways.com sayti, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 30% lik chegirma amal qilmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.