UzAirways: Airbus A320 samolyoti parvoz paytida do’ldan shikastlandi
3-avgust kuni Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY9684 aviaqatnovini amalga oshirgan A320 UK32015 havo kemasi bir soatlik parvozdan so‘ng Rossiya va Qozog‘iston chegarasi bo‘ylab 11000 metr balandlikda parvoz qilayotib, anomal meteorologik hodisaga, do‘lga duch kelgan.
Natijada, parvoz kemasining oldi oynalari shikastlanib, ekipaj belgilangan protseduralarni amalga oshiriganidan so‘ng, parvozni davom ettirishga qaror qilgan. Toshkentga qo‘nish jadvalga muvofiq amalga oshirilgan Parvozdan keyingi tekshiruvda shuningdek, meteolokator burun konusining (kok) shikastlanishi aniqlangan.
Havo kemasi bortida 174 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda havo kemasining shikastlangan qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda havo kemasi muntazam ravishda parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Sharhlar