UzAirways bir nechta reyslarning kechikishi haqida xabar berdi
24-oktabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bir qator reyslar, jumladan, Koreyadan O‘zbekistonga va Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan Toshkentga yo‘nalishlari kechiktirilganini ma’lum qildi.
Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, HY514 reysi Seuldan Toshkentga 25 oktyabr kuni texnik sabablarga ko‘ra uchadi.
- 25-oktabrda parvozning taxminiy uchish vaqti: Seul vaqti bilan 11:00;
- 25-oktabrdagi reysning taxminiy yetib kelish vaqti: Toshkent vaqti bilan 14:10;
Bundan tashqari, 24-oktabrga belgilangan Toshkentdan Moskvaga HY601 reysi ham kechikib keladi. Samolyot quyidagi parvoz jadvaliga muvofiq 2 soat 40 daqiqaga kechikadi:
- Toshkentdan Domodedovoga jo‘nash Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da, Moskva vaqti bilan soat 00:10 da Moskvaga yetib kelish;
- Domodedovodan Toshkentga jo‘nash Moskva vaqti bilan 01:40 da, Toshkentga yetib kelish Toshkent vaqti bilan 7:35 da.
Ulashish:
Sharhlar