Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi UzAuto Motors tenderlarida qonunbuzarliklarni aniqladi
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 8-iyul kuni UzAuto Motors tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridlari jarayonida qonun buzilish holatlarini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya Nexia 2 avtomobillari uchun butlovchi qismlarni xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazgan.
Dastlabki summa 1,5 milliard so‘m etib belgilangan va unda ikki korxona “EKO TSEM KOMPLEKT OBORUDOVANIE” va “Eko lit metall” ishtirok etgan.
Natijada birinchi korxona 100 ball va 1 milliard 300 million so‘mlik narx taklifi bilan g‘olib bo‘lgan.
Xususan, “EKO TSEM KOMPLEKT OBORUDOVANIE” MCHJ rahbari Asqarov Abduraxim Mutalovich, “Eko lit Metall” kompaniyasining raqobatchisi Mutalipov Anvarjon Abduraxim o‘g‘li ekanligi ko‘rsatilgan.
Xarid komissiyasi tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning bir qator talablari buzilganligi sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi.
O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborilgan.
Sharhlar