“Uzbekistan Airports” 2024-yilning 9 oyi yakunlarini e’lon qildi
Joriy yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston aeroportlari asosiy ko‘rsatkichlar — yo‘lovchi tashish, xizmat ko‘rsatilayotgan reyslar soni va yuk tashish hajmi bo‘yicha qariyb 50% o’sishni ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati yozmoqda.
Xususanu, 2024-yilning 9 oyi davomida respublika xalqaro aeroportlari tomonidan 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatildi, shundan 24 914 tasi ichki yo‘nalishlarda, 57 723 tasi xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirildi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 136% tashkil etdi. Shuningdek, havo reyslarining umumiy sonidan 53 942 tasi rezident aviakompaniyalar tomonidan, 28 695 tasi esa norezident aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirildi.
Yanvardan sentyabr oyigacha O‘zbekiston aeroportlari 9 893 947 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, ichki reyslarda 1 871 659 nafar, xalqaro reyslarda 8 022 288 nafar yo‘lovchi. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 133% tashkil etdi.
Shuningdek, 2024-yilning uchinchi choragida 62 067 tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 121% ko‘proq.
Sharhlar