“Uzbekistan Airports” AJga yangi boshqaruv raisi tayinlandi
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi – kompaniyaning yagona aksiyadori qaroriga muvofiq, Javlonbek Oybekovich Umarxodjayev 2024-yil 20-iyun kuni “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan edi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Javlonbek Umarxodjayev mehnat faoliyatini 2008-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018-yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2021-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021-2023-yillarda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Sharhlar