“Uzbekistan Airports” ishga joylashishda firibgarlardan ogoh bo’lishga chaqirmoqda
Oxirgi paytlarda O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga Toshkent aeroportlarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari haqida xabarlar kelib tushdi. Firibgarlar ish qidirayotganlarga ma’lum haq evaziga ishga joylashtirishini va’da qiladi, lekin pulni olgandan keyin ular g’oyib bo’ladi va boshqa aloqaga chiqmaydi.
Shu munosabat bilan “Uzbekistan Airports” kompaniyasi mamlakat aeroportlariga ishga qabul qilish faqat elektron tizim orqali tanlov asosida amalga oshirilishini rasman maʼlum qiladi. Bu jarayonning shaffofligi va ishonchliligini ta’minlaydi, firibgarlik sxemalari xavfini kamaytiradi. Mazkur tizimdan foydalanish boshlanganidan buyon 284 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilib, natijada 218 nafar xodim ishga qabul qilindi.
Mavjud bo’sh ish o’rinlari haqidagi ma’lumotlar faqat rasmiy manbalarda joylashtiriladi: vacancyuzairports.uz veb-sayti va t.me/vacancyuzairports telegram kanali.
“Biz fuqarolardan uchinchi shaxslarning shubhali takliflaridan qochib, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalardan olishlarini soʻraymiz”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar