“Uzbekistan Airports” stipendiyasi joriy qilinadi

Фото: видеодан фотокўчирма

Yoshlar siyosati sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzbekistan Airports” talabalar uchun stipendiya e’lon qiladi.

Xabarga ko‘ra,“tanlov Toshkent davlat transport universitetining aviatsiya-transport muhandisligi fakultetining yuqori bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Stipendiya miqdori bazaviy stipendiya hisoblashning 2 barovariga tenglashtiriladi”.

Tanlov 6 bosqichdan iborat bo‘lib, talabgorlar kerakli hujjatlarni 15-sentyabrga qadar universitet ilmiy bo‘limiga topshiri kerak bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.