O‘zbekiston fuqarolarini 2023-yilda nima tashvishga soldi?
O‘tgan 2023-yilni tahlil qilish chog‘ida ekspertlar fikriga tayanib, O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu maqolada olx.uz tahlilchilariga ko‘ra ushbu yo‘nalishlardan bir nechtasini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Professional faoliyat
Bu yilgi so‘rov ishtirokchilari uchun eng muhim maqsadlar kasbiy faoliyat sohasida ish haqini oshirish va ish faoliyatida yuqoriga ko‘tarilish bo‘ldi. Shuningdek, 1265 respondentning 26 foizi hozirgi ish joyidagi maoshi oshishini aytgan bo‘lsa, deyarli xuddi shuncha foiz, ya’ni 25 foizi lavozimi ko‘tarilishiga umid bildirgan. Ishtirokchilarning 23 foizi esa ish joyini o‘zgartirishni istagan. Ishtirokchilarning 29 foizi uchun yangi ish qidirishning asosiy sababi rivojlanish va malaka oshirish zarurati hisoblanadi. Ishtirokchilarning to‘rtdan bir qismi ishdan ketishining asosiy sababni hozirgi ish joyida o‘sish istiqbollari yo‘qligi deb hisoblaydi va faqat 14% ish haqi darajasidan qoniqmaydi.
O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, ko‘p odamlar onlayn platformalar orqali ish izlab topadi. Ulardan biriga misol muntazam ravishda yangi anketalar bilan to‘ldirib boriladigan elektron “mehnat bozori” OLX.uz’dir. Ish beruvchilar ish izlovchilarga ularning talablariga qarab turli ishlarni taklif qiladi.
Onlayn platformaning afzalligi ham doimiy ish, ham vaqtinchalik/mavsumiy yarim kunlik ishlarni topish imkoniyatidir. 2022-yilning yoz davrida veb-saytda 5 523 ta vaqtinchalik ish o‘rinlari va 60 911 ta doimiy ish o‘rinlari bo‘yicha e’lon joylashtirilgan. Eng ko‘p talab qilinadigan bo‘sh ish o‘rinlari bar/restoran/ovqatlanish, chakana savdo/sotish, ishlab chiqarish/energetika, qurilish, xizmat ko‘rsatish va kundalik hayot, transport/logistika, ta’lim, marketing/reklama/dizayn, mahalliy kadrlar, tibbiyot/dorixona va IT/telekommunikatsiya kabi sohalarga tegishli bo‘ldi. Ish beruvchilar reytingida esa Toshkent, Samarqand va Buxoro yetakchi bo‘ldi.
Avtomobillar va jihozlar
O‘zbekistonda butun yil davomida avtomobillar segmenti dolzarbligicha qoldi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillarga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. 2016-yildan 2021-yilgacha jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 1,5 baravarga oshdi: 20160-yildagi 2 milliondan kam bo‘lgan avtomobillar soni 2022-yil boshiga kelib 3 milliondan oshdi. 2023-yilning yarim yilligida Respublika Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan qariyb 170 mingta yangi yengil avtomobil ro‘yxatga olingan.
OLX.uz saytidagi foydalanuvchilarning 2023-yildagi so‘rovlari soni mahalliy avtomobillarga bo‘lgan qiziqish va ommaboplikni ko‘rsatadi. Sayt qidiruv tizimida Spark (2 183 132 dan ortiq) va Matiz (2 280 710 dan ortiq so‘rov) modellari foydalanuvchi so‘rovlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni oldi. Tahlilchilar Top mashhur markaralar ichida Cobalt, Damas, Nexia 2 va Gentra borligini ham qayd etishmoqda.
Bir qator omillar iqlim nazorati uskunalari kabi mavsumiy ehtiyojlarning dolzarbligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, o‘tgan yilda mamlakatimiz hududlari vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotida muammolarga duch keldi. Issiq mavsumda ventilyatorlardan tortib kuchli havo sovutgichlarigacha bo‘lgan talab oshdi. Masalan, 2023-yilda e’lonlar taxtasida 5 922 ta yangi va 2 242 ta eskirgan tovarlar ko‘rsatilgan. Agar butun 2022-yil davomida olx.uz platformasida “ventilyator”, “konditsioner”, “split” teglari bo‘yicha foydalanuvchilarning so‘rovlari soni 777 130 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilning atigi olti oyida foydalanuvchilar tomonidan so‘rovlar 637 662 taga yetgan.
“Iqlim uskunalari” haqidagi e’lonlarga kelsak, bu yerda “talab taklifni yaratadi” marketing tamoyili ishlaydi. O‘tgan yilning yanvar-may oylarini hisobga olganda 8 165 ta e’lon chop etilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 5 432 ta e’lon joylashtirilgan edi.
Isitish mavsumidagi “qishki jihozlar”ga kelsak, OLX tahliliy bo‘limining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, sayt foydalanuvchilarining so‘rovlarida har xil turdagi isitish moslamalari aktual bo‘lgan. Bularga kamin, split tizimlar, polga o‘rnatilgan elektr plitalar, issiq pol, gazli kotyollar, ko‘mir va o‘tin kiradi. Oxirgi sanalgan ikkita isitish mahsuloti tabiiy issiqlik manbalari yoki tabiiy resurslardan foydalangan holda isitish amalga oshiriladigan hududlar uchun muhimdir.
Ijara uy-joy bozori
Mashxur so‘rovlardan yana biri ijara uy-joy bozori bo‘yicha bo‘ldi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, ko‘chmas mulk bo‘yicha so‘rovlar va takliflar soni barqaror o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, narxlar noaniqligicha qolmoqda. Biroq, “mavsumiy” ma’lumotlarning o‘zgarishiga qaramay, poytaxt barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (IPMR) ekspertlarining qayd etishicha, Toshkentda ijara narxlarining oshishi 2022-yil oktabr oyida eng yuqori cho‘qqiga yetgan, shundan so‘ng u sekinlasha boshlagan.
O‘sha paytda o‘rta darajadagi kvartiralarning o‘rtacha ijara narxi taxminan 526 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning mart oyiga kelib bu 411 dollargacha pasaygan. Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida vaqtinchalik uy-joyga bo‘lgan iste’molchilar talabini 2022-yilning shu davri bilan solishtiradigan bo‘lsak, ma’lum dinamika ko‘zga tashlanadi. Kvartiraning o‘rtacha oylik ijara narxi taxminan 370 dollarni, turar-joy uylari (dachalar yoki kottejlar) uchun esa 590 dollarni tashkil etadi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkichlar mos ravishda taxminan 350 va 570 dollarni tashkil qilgan edi.
Tahlil uchun ma’lumotlar www.olx.uz saytindan “parsing” metodi orqali olindi. 2022 va 2023-yillarda turli davrlar uchun tanlab olingan 10 millionga yaqin reklama tahlil qilindi.
Sharhlar