“O‘zmetkombinat” ishchisi korxona omborxonasida o‘zini osib qo‘ydi
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “O‘zmetkombinat” ishchisi korxona omborxonasida o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Repost Bosh prokuraturaga tayanib.
Aniqlik kiritilishicha, hodisa haqidagi xabar 17-aprel kuni 9:00 atrofida kelib tushgan. 53 yoshli ishchi osilgan holatda topilgan.
O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, huquq-tartibot organlari arqonni musodara qilgan. Davlat mehnat inspeksiyasiga zavodda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan o‘rganish olib borish so‘rovi yuborildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak psixiatr yoki narkolog hisobida turmagan.
Ulashish:
Sharhlar