Rossiyada “Vagner” jangchisi Ukrainadagi urushdan qaytib kelib, o‘z ma’shuqasini o‘ldirdi

казахстан узбекистанец жена ревность
Фото: rossaprimavera.ru

Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy komapniyasi a’zosi Ukrainadagi urushdan qaytib kelgach, o‘zining norasmiy xotinini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda “Moskovskiy Komsomolets”.

Hodisa Moskvadagi xonadonlardan birida yuz bergan. 51 yoshli Rossiya fuqarosi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ma’shuqasini o‘ldirganini ma’lum qilgan.

Diqqat, keyingi xatboshida shafqatsiz holat tasvirlangan. Ta’sirchan odamlar o‘qimasligini so‘rab qolamiz.

Ma’lumot tasdiqlangan — xonadonda haqiqatan ham ayol kishining jasadi topilgan. Unga 15 martadan ko‘proq pichoq urilgan va qulog‘i kesib tashlangan.

Gumonlanuvchi odam salomatligiga og‘ir zarar yetkazib, uning o‘limiga sabab bo‘lgani uchun muqaddam sudlangan. 2022-yil oktabrida u “Vagner” tarkibida Ukrainaga jo‘nab ketib, u yerda yarim yil xizmat o‘tagan.

So‘ng Moskvaga qaytib kelgan va bir necha oy davomida mol-mulkka qasddan zarar yetkazganlik uchun tergov izolyatorida saqlangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.