“Vagner” XHKga shaxsan Prigojin tomonidan yollangan o‘zbekistonlik fuqaro vatanida besh yilga koloniyaga hukm qilindi

Фото: газета.ру

“Vagner” XHK safida Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlik G‘olib Aliyev  o‘z vatanida yollanma jinoyati uchun besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm 24-iyun kuni e’lon qilingan, biroq u endi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Mediazona”.

Tergov materiallariga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan G‘olib Aliyev  2016-yilda Rossiyaga ishlash uchun ketgan. Ko‘p o‘tmay u Tojikiston fuqarosi bilan janjallashib qolgan va mushtlashuv bo‘lgan. О‘zbekistonlik yigit raqibini kaltakladi, natijada u vafot etgan.

Rossiya sudi chet el fuqarosini qotillik aybi bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Muhojir Tambov oblastida joylashgan koloniyaga o‘tkazilgan.

Aliyev ning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabr kuni “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojin jazoni o‘tash muassasasiga kelib, mahbuslarni yig‘ib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashishni taklif qilgan. Olti oylik shartnoma uchun u oyiga 175 ming rubl miqdorida naqd pul to‘lashni, sudlanganlikni olib tashlashni va Rossiya fuqaroligini ta’minlashni va’da qilgan.

О‘zbekiston fuqarosi tergovchilarga Prigojinning koloniyani tark etish taklifini qabul qilganini aytdi. U bilan birga 700 yoki 800 nafar mahkum shu tariqa XHKga yollangan.

Sentyabr oyi o‘rtalarida ular Lugansk yaqinidagi harbiy lagerga olib kelingan. U yerda ular otishma va jangda zarur bo‘lgan boshqa ko‘nikmalarga o‘rgatilgan. Oktyabr oyining boshida Aliyev  va boshqa sobiq mahbuslar front chizig‘iga o‘tkazilgan.

Oradan bir necha oy o‘tgach, o‘zbekistonlik yelkasidan yaralangan, shundan so‘ng u 50 kun kasalxonada yotgan. Unga 600 ming rubl miqdorida mukofot berilganini tan oldi.

Xizmatga qaytganidan so‘ng, chet ellik Luganskdagi harbiy oziq-ovqat omborini qo‘riqlagan. 2023-yil mart oyida uning “Vagner” XHK bilan shartnomasi tugagan va Aliyev  Rostovga yuborilgan, u yerda “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Yoz oxirida muhojir Rossiya fuqaroligini olgan.

Dekabr oyida sobiq mahbus o‘z vataniga qaytib kelgan va u yerda tez orada unga qarshi urushga yollanganlik bo‘yicha ishi ochilgan. Ta’kidlanishicha, sud jarayonida ayblanuvchi faqat jazodan qutulish va tezroq О‘zbekistonga qaytish uchun o‘z ixtiyori bilan jangga chiqqanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda respublikada bir nechta shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan. Bunda, ularga mutlaqo turli hukmlar chiqarilgan. Shunday qilib, “Vagner” XHK tarkibida jang qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan, lekin frontga jo‘natilgunga qadar o‘z vataniga qochib ketgan qoraqalpog‘istonlik shaxs uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ikkala holatda ham О‘zbekiston fuqarolari faqat besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi urushga yollanish moddasi bo‘yicha sudlangan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.