Toshkent viloyatida bir oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyi yoqib yuborildi
Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan vaxshiy qotillik oqibatida bir oilaning 5 nafar a’zosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovga tayanib, «Xalq so‘zi» xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyul soat 06:19 larda Yangiyo‘l tuman Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan.
Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 nafar (1991-y.t. erkak, 1999-y.t. ayol, 2021 va 2022-y.t. bola va 2018-y.t. qiz) shaxsning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Sharhlar