Vals va Rubio Ukrainadagi urush haqida nima deyishdi

Foto: BBC

Maykl Valsning aytishicha, vaqt o’tishi bilan uning Ukrainadagi urush haqidagi qarashlari o’zgargan.

Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishidan keyin u Bayden maʼmuriyatini Rossiya agressiyasini toʻxtatish uchun Kiyevga imkon qadar koʻproq qurol berishga chaqirdi.

2024-yil oktabr oyidagi partiya tadbirlarining birida u respublikachilar saylovlarda g‘alaba qozonsa, AQShning Ukraina taqdiridagi roli qayta baholanishini aytdi.

“Bu AQSh manfaatlariga qanchalik mos kelishini [tahlil qilish kerak]. Biz hozir Tinch okeani mintaqasida bizga kerak bo’lgan vaqt, pul va resurslarni sarflaymizmi “, dedi Vals bir necha hafta oldin.

Marko Rubio yil boshida Kiyevga 95 milliard dollarlik harbiy yordam paketiga qarshi ovoz bergan 15 respublikachi senatordan biri edi. Paket aprel oyida qabul qilingan.

Oxirgi intervyularida Rubio Ukraina Rossiya bilan boʻlgan mojaroni Qrimdan boshlab Rossiya bosib olgan hududlarni qaytarishga eʼtibor qaratishdan koʻra, muzokaralar yoʻli bilan hal qilishni izlashi kerakligini aytdi.

“Men Rossiya tomonida emasman, lekin afsuski, haqiqat shuki, Ukrainadagi urush muzokaralar yo‘li bilan tugaydi”, — dedi Rubio sentabr oyida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.