Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Nurota tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar V.A. fuqaro Z.Z. jami 4 300 AQSH dollarini fuqaro A.Jga 54,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Vobkent tumanida esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.N. fuqaro G.D.dan jami 3 000 AQSH dollarini 37,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar