Valyuta ayirboshlashning qonuniy usullari bor: Qonunbuzarlar ushlandi

Foto:deportament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.X. va M.O. fuqaro X.K.ga 4 000 AQSH dollarini 51 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 6 600 AQSH dollari va 36,6 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan”,-deb xabar bermoqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Romitan tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O‘.I. fuqaro M.X.dan jami 3 400 AQSH dollarini 43 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Zomin tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro V.K. fuqaro A.K.dan 3 000 AQSH dollarini 37,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 6 350 AQSH dollari va 15,4 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.