Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan muqaddam sudlangan fuqaro M.X.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro K.R. fuqaro K.Shga 3 500 AQSH dollarini 44,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar