Valyutalarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga bo‘lgan 3 ta holat bartaraf etildi

Foto: uza.uz

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Olot” va “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postlarida belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lgan valyuta qimmatliklarini noqonuniy tarzda olib o‘tishga bo‘lgan 3 ta holat bartaraf etildi.

Dastlabki ikki holatda me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 8 100 AQSH dollarining respublika hududidan chiqarib ketilishi oldi olindi.

“Olot” chegara bojxona postida ham xuddi shundan qonunbuzarlik holati qayd etilgan bo‘lib, unda xorijiy davlatga yo‘l olgan fuqaro bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmagan holda qo‘l yuklari orasiga belgilangan me’yoridan ko‘p bo‘lgan 2 900 AQSH dollari olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Ma’lumot uchun: jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mgacha bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini ixtiyoriy tarzda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi. Mazkur me’yordan ortiqcha bo‘lgan pul mablag‘larini olib chiqish uchun esa, tegishli ruxsatnomalarni olish talab etiladi.

Bu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.