Vaqtida kredit to’lamagan fuqaroning avtomobili xatlandi

Foto: FVMIB

Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida qarzdor fuqaro Z.K.dan undiruvchi “Mikrokredit bank” AJ foydasiga 14 451 000 so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdor fuqaroga ogohlantirishlar berilishiga qarmay qarzdor bank oldidagi 14,5 mln. so‘m miqdoridagi kredit summalarini to‘lashni unutgan.

Biroq, kredit rasmiylashtirish jarayonida garov mulki sifatida fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasini belgilagan. Qonun talabi asosida fuqaro talabni bajarmagach, Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi xatlanib, auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.