Toshkentda yana bir ko‘cha vaqtinchalik yopildi
Toshkentning Olmazor tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining Qorasaroy ko‘chasi kesishmasidan Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
“Ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 26-mayigacha avtomobillar harakatlanishi to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rekonstruksiya ishlari tufayli Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgandi.
Ulashish:
Sharhlar