“Vatan”i noma’lum qo‘lqoplar fosh qilindi

Foto: TSHBB

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan keltirilgan qurilishda qo‘llaniladigan qo‘lqoplarga tegishli ma’lumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida soxtalashtirilgani fosh qilindi.

Mazkur tovarning kelib chiqish sertifikatiga ishonilsa, qo‘lqoplar go‘yoki qo‘shni davlatlardan birida ishlab chiqarilgan va shu sababli bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanilishi lozim.

Ammo, o‘sha davlat bojxona xizmatiga yuborilgan xalqaro so‘rovnoma javobidan ma’lum bo‘lishicha, mazkur tovarlar u yerda ishlab chiqarilmagan.

Shu sababli qurilish qo‘lqoplariga nisbatan qo‘shimcha salkam 1 mlrd so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Holat yuzasidan protsessual xujjatlar rasmiylashtirilib, bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.