Istanbulda pul va hujjatlarini o‘g‘irlatib, qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Foto: enjoytravel.com

Bolgariyaga ishlashga borib hujjatlari va pullarini o‘g‘irlatgan yana bir fuqaro Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Bosh konsulxonaga 30 yoshli fuqaro J.M. Istanbulda pulsiz va xujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli O’zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning sentabr oyida fuqaro Bolgariyadan Turkiyaga uchib kelgan, va shu kunning o‘zida Fotih tumanida “Sulton Ahmat” jome’ masjidi yaqinida o‘ziga tegishli bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlatib qo‘ygan.

Bosh konsulxona fuqaroga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib vaqtincha Turkiyada yashashi uchun boshpana bilan ta’minladi.

Shu bilan birga “Uzbekistan airways” AJ Istanbul vakolatxonasi va saxiy vatandoshlar homiyligi yordamida J.M.ga avia chipta xarid qilinib O’zbekistonga qatarildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.