Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
“Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lum qilishicha, “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan 3 ta shtat birligidan iborat sho‘‘ba tashkil etiladi:
➖nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
➖nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
➖VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
➖oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko‘rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
➖nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish.
Sharhlar