Vazirlar Mahkamasi har yarim yilda parlament oldida hisob beradi
Qonunchilik palatasining 11-iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqdi va ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Mazkur qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasining maqomi, uning tarkibi va Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish masalalariga oid qator yangiliklar kiritilmoqda.
Xususan, Bosh vazir o‘z o‘rinbosarlari va vazirlar bilan birgalikda har olti oyda bir marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim etadi. Konstitutsiyaning yangi tahriri asosida hukumatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari qayta ko‘rib chiqildi.
Sharhlar