Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi — prezident farmoni
Prezidentning 22-oktyabr kuni imzolagan PF-165-sonli farmoni bilan ijro hokimiyati organlari (vazirlik, qo‘mita, agentlik va boshqa organlar) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 53 ming 560 ta qilib belgilanmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonda ayni paytda 21 ta vazirlik, 14 ta qo‘mita, 26 ta agentlik hamda 9 ta inspeksiya – jami 70 ta respublika ijro hokimiyati organi mavjud.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari soni muvofiqlashtirildi.
Unga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
– ayrim respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini muvofiqlashtirish;
– iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari sonini qisqartirish.
Sharhlar