Farg‘ona viloyatida Nexia 2 velosiped haydab ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi

Foto: Shutterstock

Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

21-sentabr kuni soat 12:00 lar chamasida Marg‘ilon shahar Usmon Nosir va Ahmad Yassaviy ko‘chalari kesishmasida harakatlanib kelayotgan Nexia 2 rusumli transport vositasi haydovchisi avtomobil yo‘liga chiqib yuborgan velosipedchi 2015-yilda tug‘ilgan M.A.ni urib yuborgan. Natijada M.A. tan jarohati olgan. Shu vaqtda M.A.ni uning otasi va haydovchi shifoxonaga olib borgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.