Vengriya poytaxtidagi binoda O‘zbekiston bayrog‘i aks ettirildi
2024-yil 31-avgustdan 1-sentabrgacha birinchi bor Vengriya poytaxtining eng mashhur meʼmoriy inshootlaridan biri boʻlgan Baliqchilar qal’asi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari bilan yoritildi.
Ushbu tadbir O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi tomonidan va OTP Bank hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Buda tepaligining tarixiy tumanida joylashgan Baliqchilar qal’asi Budapeshtning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir.
Butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qiladigan bu bino YuNESKOning Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan va Vengriyaning boy tarixini anglatadi.
Baliqchilar qal’asining O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik timsoliga aylandi. Bu O‘zbekiston va uning xalqi uchun Davlat Mustaqilligini nishonlashning ahamiyati va muhimligini ta’kidlaydi.
Sharhlar