Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Фото: Президент Матбуот хизмати

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi.

Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi.

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.