Pokiston O‘zbekiston va yana 125 mamlakat uchun soddalashtirilgan viza rejimini joriy qildi
Pokiston 126 mamlakat, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun soddalashtirilgan viza rejimini joriy qildi, deb xabar bermoqda Tribune gazetasi.
Pokiston axborot vaziri Ataulla Tarar ma’lum qilishicha, ushbu mamlakatlar uchun viza yig‘imi bekor qilingan, ariza topshirish jarayoni esa ancha soddalashtirilgan.
U ushbu mamlakatga kelishdan avval onlayn rejimda anketa to‘ldirib, 90 kunga bepul vizani qo‘lga kiritish uchun 30 ta savolga javob berish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Ataulla Tarar ta’kidlashicha, kelayotgan sayyohlarning xavfsizligi birlamchi masala bo‘lib qolmoqda, Ichki ishlar vazirligi esa optimal sharoitlarni ta’minlash uchun viloyat ma’muriyatlari bilan ishalrni muvofiqlashtirmoqda.
Sharhlar