Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
Tailand hukumati qirollikning sayyohlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tasdiqladi.
36 mamlakat sayyohlari uchun viza rejimi bekor bo‘lishi e’lon qilindi. Shu tariqa, vizasiz kiruvchi mamlakatlar soni 57 tadan 93 tagacha oshdi.
Endi O‘zbekiston fuqarolari Tailandga vizasiz borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekistonliklardan tashqari, bunday imkoniyatni Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar fuqarolari ham qo‘lga kiritdi.
Endi sayyohlar qirollikda vizasiz holda hozirgi 30 kun o‘rniga 60 kun davomida bo‘lishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar