Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimizning Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Vladimir Putin O‘zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mamlakatlar o‘rtasidagi mustahkam sheriklik munosabatlarini ta’kidlagan.
“Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlab, mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etib, jahon miqyosida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik xarakteriga ega. Moskva va Toshkent turli yo‘nalishlarda, MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda”, – dedi Putin.
Rossiya Prezidenti birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan mamlakat konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni izchil oshirishga – do‘st xalqlar farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida davom etishiga ishonch bildirdi.
Sharhlar