Volgograd aeroporti vaqtincha yopildi

фото: iz.ru

Rossiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Volgograd aeroportini vaqtincha yopdi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida 21-noyabr, Moskva vaqti bilan soat 05:45 dan boshlab Volgograd aeroporti faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi”, — deyiladi xabarda.
Federal havo transporti agentligining ta’kidlashicha, havo bandargohi vaqtincha reyslarni qabul qilmaydi va jo’natmaydi. Havo kemalari ekipajlari, havo harakatini boshqaruvchilar va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko’radilar.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.