Voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumon qilingan shaxsning uyida giyohvand moddalar topildi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 4 yoshli qizchaga jinsiy tajovuz qilganlikda gumonlanib, 41 yoshli erkak qo‘lga olingan.
Toshkent viloyati IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv chog‘ida gumonlanuvchi 41 yoshli B.D.ning uyidan uy anjomlari solingan idishda saqlanayotgan 15 gramm marixuana topilgani haqida xabar beradi.
Erkakga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (G‘ayritabiiy shaklda jinsiy ehtiyojni majburan qondirish) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shu jumladan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar