WBA reytingida o‘zbekistonlik uch bokschi birinchilikdan joy oldi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) may oyi yakunlariga ko‘ra, o‘zining yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ham joy oldi. Ulardan 3 nafari o‘z vaznlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Jumladan, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida, Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda, Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarim yengil vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
“Yarim yengil vaznda mamlakat sharafini himoya qilayotgan Otabek Xolmatov va super o‘rta vazndagi Bektemir Meliqo‘ziyev esa reytingning to‘rtinchi o‘rniga joylashdi. Shuningdek, Muhammad Shexov birinchi yarim yengil vaznda, Botir Ahmedov esa super yengil vazn toifasida kuchli o‘nlikni yakunlab berdi”, – deyiladi xabarda.
Sharhlar