WGF: О‘zbekiston terma jamoasining “JCh-2026”ga chiqish ehtimoli 82,8% ni tashkil qiladi

Фото: АФУ

Saralash bosqichi 3-turida Eron bilan durang o‘ynaganidan so‘ng, О‘zbekistonning futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati sezilarli darajada oshdi. We Global Football portali ma’lumotlariga ko‘ra, О‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqish ehtimoli 82,8 foizgacha oshgan.

Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan muvaffaqiyatli durang О‘zbekiston terma jamoasiga guruhdagi o‘rnini mustahkamlash imkonini berdi. Endilikda milliy terma jamoa “A” guruhida faqat Yaponiya (99,99 foiz), Eron (98 foiz) va Janubiy Koreya (97,5 foiz)dan ortda qolgan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keyingi turda О‘zbekiston terma jamoasi BAA bilan maydonga tushadi. Uchrashuv 15-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.