O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada Wildberries marketpleysi qurilishida halok bo‘ldi
38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Vladimir viloyati Sobinskiy tumanidagi Xryastovo qishlog‘i yaqinida qurilish maydonida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “6-kanal”.
Voqea 14-iyul kuni Wildberries logistika markazi qurilish maydonida yuz bergan. Erkak bino tomini yopish ishlari chog‘ida tomdan tushib ketgan.
Ayni paytda huquq-tartibot organlari xodimlari tekshiruv olib bormoqda va guvohlarni so‘roq qilmoqda, shuningdek, qurbonning hujjatlarini o‘rganmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu bino qurilishi avval ham e’tiborni tortib kelgan. Xususan, bahorda u yerda Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kelgan 13 nafar noqonuniy muhojirlar borligi aniqlangan. Shuningdek, mahalliy aholi maxsus texnika umumiy yo‘llarni buzayotganidan ko‘p bora shikoyat qilgan.
Sharhlar