O‘zbekistonlik talabalar Work and Travel dasturi bo‘yicha Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

Foto: Depositphotos

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning NoVo Agency tashkiloti 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida Ferienjob – work and travel dasturi bo‘yicha Germaniyaga 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qiladi.

Sohalar:
— Ishlab chiqarish;
— Sanoat;
— Omborxona logistikasi;
— Qadoqlash;
— Gastronomiya.

Talablar:
– Oliygohlarning faqat sirtqi bo‘limi talabalari;
– 2024-yil noyabr-dekabr va 2025-yil yanvar oylarida ta’til davri;
– 18 yoshdan 35 yoshgacha;
– Rus, ingliz yoki nemis tilini bilganlar uchun afzalliklar mavjud;
– Soatiga 14 yevro (brutto);

Afzalliklar:
– Viza hujjatlarini tayyorlash va butun jarayon davomida ko‘mak;
– Turar-joy topishda ko‘mak (shahar va ish joyiga qarab 450 yevrodan 600 yevrogacha).

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: (93) 454-64-27, (99) 025-95-95

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.