Respublika bo’ylab “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi o‘tkaziladi
“”Xalqaro qog‘ozsiz kun” munosabati bilan o‘tkaziladigan aksiyadan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir”, – deyiladi xabarda.
Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qog‘ozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini qayta ishlashga qaratilgan targ‘ibotlar amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, “Xalqaro qog‘ozsiz kun” aksiyasi Axborot va tasvirni boshqarish assotsiatsiyasi (AIIM) tomonidan 2016-yilda tashkil qilingan bo‘lib, qog‘ozdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan. Assotsiatsiya ma’lumotlariga ko’ra, 1 tonna qog’ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg’i va 4000 kVt/soat elektr energiyasini “tejab qoladi”.
Sharhlar