Xabarovskda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganlarni urushga jo‘natishga majbur qilishmoqda
Bu haqda «Ostorojno, novosti»ga muddatli harbiy xizmat o’tayotgan 19 yoshli Viktorning onasi ma’lum qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li 24-iyun kuni Komomolsk-na-Amure shahridagi temir yo‘l qo‘shinlariga yuborilgan va avtotransport rotasiga joylashtirilgan. Harbiy xizmatga chaqirilganlarga darhol shartnoma imzolash taklif qilingan, ammo ko‘pchilik rad etgan. 98561-harbiy qism shtabi yordamchisi Pavel Fomin ularni turli yo‘llar bilan shartnoma tuzishga ko‘ndirgan va MHOga yuborilmasliklariga va’da bergan.
Uch oy xizmatdan keyin Viktorni bosim ostida shartnoma imzolashga majburlashgan. 1-noyabr kuni uni va boshqa kontrakt asosida xizmat qilayotganlarni Primorskiy o‘lkasiga xizmat safariga yuborishgan. U yerda ularga yaqin orada motostrelkachi otryadlarini shakllantirish uchun frontga yuborilishini aytishgan. Chaqirilgan askarlar bu haqda shikoyat qilib qo‘mondonlariga murojaat qilgan, natijada ularni 30 kun muddatga harbiy qismda qoldirishgan. Viktorning onasining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalardan biri bu stressga dosh bera olmay, farzandini qutqarish uchun joniga qasd qilgan.
Endi ota-onalar o‘z farzandlarini MHOga yuborilishining oldini olish uchun Prezident Administratsiyasi va prokuraturaga murojaat qilishmoqda.
Sharhlar