Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilikka jalb qilishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Foto: The wire

Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilishda gumon qilingan xorij fuqarosi qo‘lga olindi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovsk o‘lkasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilik tashkilotiga tayyorgarlikdan o‘tkazish va ular safida qatnashishga jalb qilgan shaxsni qo‘lga oldi.

Departament matbuot xizmati xabar berishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari materiallari asosida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchi hibsda, tergov davom etmoqda.

Huquq-tartibot idoralari muhojirlarni ekstremistik va terroristik harakatlarda ishtirok etganliklari uchun javobgarliklari haqida ogohlantiradi.

Taqiqlangan tashkilotlarga, hatto bilmasdan ham qo‘shilish jinoiy javobgarlikka tortilish va uzoq muddatli qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.