“Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov vafot etdi

Foto: Madaniyat vazirligi

28-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

“Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Tursunali Mamajonov o’z kasbiga sadoqatli va fidoyi madaniyat xodimi sifatida qalblarimizda mangu yashaydi”, – deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.