Xalqaro aeroportda fuqaro qalbaki izi bo‘lgan tilla olib o‘tmoqchi bo‘ldi
“Toshkent-AERO” IBK axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 16-avgust kuni olingan №000185-sonli “Davlat asillik darajasini belgilash palatasi”ning ekspertiza xulosasiga asosan, Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona xodimlari tomonidan 6-avgust kuni “Toshkent-Dehli” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi kontaktsiz shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish qurilmasi yordamida tekshirilgan.
Unga ko‘ra, fuqaroning bilagiga taqilgan, muqobil manbalarga ko‘ra narxi 76 mln 387 ming so‘mni tashkil etgan, umumiy og‘irligi 120,77 gramm bo‘lgan 583 raqamli davlat asillik darajasi tamg‘asining qalbakilashtirilgan izi mavjud bo‘lgan jami 2 dona sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar