O‘zbekistondagi 3 ta OTM nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, O’zbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
THE hisobotida qayd etilishicha tadqiqot sifati mezoni tahliliga ko‘ra O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarining ushbu mezondagi natijalari jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ekanligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Times Higher Education reyting tashkiloti dunyoning 133 davlatining 2 860 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari orasida ularning xalqaro darajadagi akademik nufuzi, ilmiy nashrlar faolligi, iqtiboslik samaradorligi, bilimlar transferi, xalqaro hamkorlik hamda ilm-fan va ijtimoiy soha ravnaqiga qo‘shgan hissasi mezonlari asosida baholab keladi.
Sharhlar