“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Unga ko‘ra, 2023 yil 14 sentyabr kuni Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida imzolangan Markaziy Osiyoda yer usti transporti o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Ulashish:
Sharhlar