Xalqaro voleybol federatsiyasi Prezidenti Toshkentga keldi
30-sentabr kuni Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi xodimlari kutib olishdi.
Safar davomida mamlakarda voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni Oʻzbekistonda oʻtkazishga doir istiqbolli rejalar muhokama etiladi. Martabali mehmonga FIVB ning turli boʻlimlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.
Sharhlar