“Xatoga yo‘l qo‘ymang, xavfsizlikni unutmang!”

Foto:

Bugun — Butunjahon bemorlar xavfsizligi kuni. Ushbu sanani nishonlash masalasi 2019 yildagi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida JSSTga a’zo 194 davlatning barchasi roziligi bilan ma’qullangan edi.

Maqsad bemorlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xabardorlikni va jamoatchilik ishtirokini oshirish va global birdamlik harakatlarini rag‘batlantirishdan iborat.

Tashxis qo‘yish vaqtida bemor ham, u bilan birga tibbiyot xodimlari ham murakkab va ba’zan uzoq diagnostika jarayonidan o‘tadi. Uning doirasida bemor bilan suhbat, tekshiruv, tahlillar topshirish va natijalarni tahlil qilish kabi bosqichlardan so‘ng yakuniy tashxis qo‘yiladi va davo muolajalari belgilanadi.

Har qanday vaziyatda bemor holatiga e’tiborli bo‘lish va o‘z vaqtida, aniq tashxis qo‘yishga intilish har bir tibbiyot xodimining asosiy vazifasidir.

Shulardan kelib chiqqan holda bu yil ushbu sanani nishonlash kampaniyasi “Bemor xavfsizligi uchun tashxisni takomillashtirish” mavzusiga qaratilgan bo‘lib, “Xatoga yo‘l qo‘ymang, xavfsizlikni unutmang!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.